Apple buklanadigan iPhone narxi qancha bo‘lishini ma’lum qildi

Apple buklanadigan iPhone narxi qanchaga tushishini ma’lum qildi
Apple o‘zining ilk buklanadigan smartfonini 9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimotda namoyish etishni rejalashtirmoqda. Yangi qurilma taqdimotidagi asosiy muhokama mavzularidan biri uning narxi bo‘lishi aytilmoqda. Qayd etilishicha, Apple ushbu modelning boshlang‘ich narxini 2099 dollardan 2299 dollargacha bo‘lgan oraliqda belgilaydi.
Smartfonning yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega varianti bundan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin. Xitoy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2 TB ichki xotiraga ega iPhone Ultra modeli taxminan 3000 dollardan yuqori narxda sotilishi kutilmoqda.
Yangi iPhone narxining yuqoriligiga nafaqat buklanadigan konstruksiya, balki smartfon butlovchi qismlarining umumiy qimmatlashuvi ham ta’sir qilgan. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, 256 GB sig‘imli standart xotira modulining narxi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 400 foizga oshgan.
Xotira va boshqa butlovchi qismlar qimmatlashgani sababli yangi smartfonlar komponentlarining umumiy tannarxi 10–20 foizga oshishi mumkin. Kompaniya oddiy modellarning narxini keskin ko‘tarmaslik uchun qo‘shimcha xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olishi taxmin qilinmoqda.

