Apple oltita yangi iPhone modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda
Apple bir vaqtning o‘zida oltita yangi iPhone, jumladan, hamyonbop modelni ham taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Apple kompaniyasi oltita yangi iPhone modelini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda.
Macworld nashri iOS 27 beta 5 versiyasida jami oltita yangi iPhone haqida ma’lumotlar borligini aniqladi. Ular orasida uzoq vaqtdan beri yangilik bo‘lmagan hamyonbop iPhone 18e ham mavjud.
Akkumulyatorlar va Battery Intelligence bilan bog‘liq tizim fayllarida quyidagi modellarga ishoralar topildi:
Mish-mishlarga ko‘ra, bu yil Apple smartfonlarni taqdim etish strategiyasini o‘zgartiradi: flagmanlar sentyabrda, bazaviy modellar va iPhone Air 2 esa 2027-yilning bahorida namoyish etiladi.
Ushbu turkumdagi eng kutilgan model iPhone Ultra hisoblanadi. Kupertinoliklar ilk buklanadigan smartfonining nomi hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Bloomberg muxbiri Mark Gurman ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya ichida uni aynan shunday atashadi.
Qurilmaning ichki displey diagonali qariyb 7,8 dyuymni tashkil etadi, bu deyarli iPad mini bilan bir xil. Taqqoslash uchun: iPhone 17 Pro Max’da bu ko‘rsatkich 6,9 dyuym. Yangi qurilmadagi katta ekranning afzalligini ko‘rsatish uchun Apple bir vaqtning o‘zida ikkita ilovani ishga tushirish imkoniyatini qo‘shadi.
Aftidan, iPhone Ultra A20 chipi, 12 GB operativ xotira va favqulodda aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh modemiga ega bo‘ladi. Asosiy kameralar tizimi ikkita – keng burchakli va o‘ta keng burchakli modullardan iborat bo‘ladi.
Smartfon sig‘imi 1921 va 2962 mA·s bo‘lgan ikkita akkumulyator bilan jihozlanadi, bu umumiy hisobda 4883 mA·s ni tashkil etadi.

