Apple yangi iPhone narxini oshirishi mumkin

Apple yangi iPhone modellari narxini oshirishi ehtimoli bor. Bir necha oy oldin kompaniya ko‘plab Mac kompyuterlari va iPad planshetlarining narxini o‘rtacha 23 foizga ko‘targan edi. Endi shunga o‘xshash narx o‘zgarishi iPhone smartfonlariga ham ta'sir qilishi mumkin.
Bloomberg tahlilchisi Mark Gurmanning xabar berishicha, elektronika ishlab chiqaruvchilari chiplar va xotira modullari yetishmovchiligi bilan kurashmoqda. Butlovchi qismlarning qimmatlashishi tufayli kompaniya uchun qurilmalarning avvalgi narxini saqlab qolish mushkul bo‘lmoqda.
Insayderlarning taxminlariga ko‘ra, iPhone 18 Pro narxi taxminan 9 foizga oshib, 1199 dollarga yetishi mumkin. Bu qurilma narxining o‘rtacha 100 dollarga qimmatlashishini anglatadi. MacRumors ekspertlarining fikricha, Apple xaridorlarga katta moliyaviy yuk tushirmaslik maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Narxning qariyb 100 dollarga oshishi iPhone smartfonlarini Samsung flagmanlari bilan bir xil narx oralig‘ida saqlab qolish imkonini beradi. Ekspertlar ta'kidlashicha, agar narxlar juda keskin ko‘tarilsa, kompaniya xaridorlarning noroziligiga duch kelishi mumkin, shu sababli narx oshishi cheklangan darajada bo‘ladi.

