Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi
Apple yangi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max smartfonlarini taqdim etdi. Yangi avlod 2 nm A20 Pro chipi, oʻzgaruvchan diafragmali kamera va kattaroq akkumulyatorga ega boʻldi, biroq narxlar avvalgi avlodga nisbatan 100 dollarga oshdi.

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini namoyish qildi
Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni yangi iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarini taqdim etdi.
Smartfonlar toʻrt rangda chiqariladi: kumushrang, toʻq kulrang, och koʻk va Apple uchun mutlaqo yangi boʻlgan, kompaniya «Dark Cherry» deb ataydigan olcha rangida. Bu rang iPhone 17 Pro’dagi «Cosmic Orange» rangining oʻrnini bosadi.
Olcha rang (burgundi) yangi turkumning asosiy flagman rangi bo‘ladi.
Apple bu «soʻnggi yillardagi eng yirik kamera yangilanishi» ekanini bildirmoqda. iPhone 18 Pro va Pro Max’ning asosiy kamerasi 48 megapikselli sensor hamda oltita yupqa parrakchali oʻzgaruvchan diafragma mexanizmi bilan jihozlangan.
Yorugʻlik kam bo‘lgan sharoitda diafragma avtomatik ravishda ochilib, ko‘proq nur o‘tkazadi. Bu tungi suratlar sifatini yaxshilashi va tungi rejim ishlashini tezlashtirishi kerak.

