Texnologiya

iPhone 18 Pro Max’ning eksklyuziv funksiyasi oshkor bo‘ldi

iPhone 18 Pro Max uchun eksklyuziv funksiya ma’lum bo‘ldi.

Insayder Ice Universe Weibo’da xabar berishicha, iPhone 18 Pro Max modelida yangi kamera funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin, bu funksiya 18 Pro modelida bo‘lmaydi.

Bu o‘zgaruvchan diafragma haqida. Dastlab bu kamera funksiyasi iPhone 18 Pro’ning ikkala modelida ham bo‘lishi kutilgan edi. Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu funksiya faqat Pro Max versiyasida mavjud bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Apple hamkori Tata Electronics’ning sizdirilgan ichki hujjatlarida iPhone 18 Pro Max o‘zgaruvchan diafragmani qo‘llab-quvvatlaydigan Sony IMX905 sensori bilan jihozlanishi aytilgan edi. Hujjatlarda iPhone 18 Pro haqida ma’lumot berilmagan.

Misol uchun, iPhone 14 Pro’dan iPhone 17 Pro’gacha bo‘lgan modellarda asosiy kamera f/1.78 doimiy diafragma bilan ishlaydi.

O‘zgaruvchan diafragma esa kameraga tushadigan yorug‘lik miqdorini boshqarish imkonini beradi. Bu foydalanuvchiga kadr ichidagi obyektning aniqligi va fonning xiraligini yanada yaxshiroq nazorat qilish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

Hozircha Apple bu ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.