Texnologiya

Apple aqlli uy uchun kamera, qulf va termostatni namoyish etdi

Apple kompaniyasi LG Electronics va Schneider Electric bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan aqlli uy aksessuarlarining yangi tarmogʻi - Home Collection’ni taqdim etdi.

Apple aqlli uy uchun kamera, qulf va termostatni taqdim etdi

Unga videokuzatuv kameralari, aqlli eshik qoʻngʻirogʻi, elektron qulf, termostat va harorat datchiklari ham kiritilgan.

Barcha qurilmalarni iPhone orqali sozlash, shuningdek, «Uy» (Home) ilovasi yoki Siri yordamida boshqarish mumkin.

Home Collection’ning asosiy maqsadi aqlli uyni yanada sodda va qulay qilishdan iborat. Barcha aksessuarlar yagona minimalistik uslubda yaratilgan boʻlib, barqaror aloqa uchun Thread texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi hamda alohida ham, oʻzaro birgalikda ham ishlay oladi. Masalan, uydan oxirgi odam chiqib ketganda, tizim avtomatik tarzda eshikni qulflaydi, kameralarni yoqadi va haroratni oʻzgartiradi. Uy egasi qaytishidan oldin esa xonani tayyorlab, u yaqinlashganda qulfni ochadi.

«Apple Home Collection aqlli uy uchun aksessuarlarni xotirjamlik bilan tanlash imkonini beradi.

Videokuzatuv tizimi uchun LG javobgar boʻldi. Kompaniya 2,5K tasvir aniqligiga ega toʻrtta qurilma ishlab chiqdi. Ular odamlarni, uy hayvonlarini, avtomobillarni va joʻnatmalarni taniy oladi. Hodisa yozuvlari iCloud+ xizmatida 10 kun davomida saqlanadi, kameralar uchun alohida bulutli obuna talab etilmaydi. Tegishli tarif rejasi mavjud boʻlsa, Apple Intelligence videodagi hodisalarni matn shaklida avtomatik tavsiflab beradi va oddiy matnli soʻrovlar orqali kerakli lavhalarni topish imkonini taqdim etadi.

Mazkur turkumga mehmonlar va joʻnatmalarni kuzatish uchun ikkita kameraga ega LG Video Doorbell videoqoʻngʻirogʻi, harakat aniqlanganda avtomatik yoqiladigan ikkita projektorli tashqi Floodlight Cam, shuningdek, rangli tungi tasvirga oluvchi ixcham Outdoor Cam kiradi. Indoor Cam esa alohida eʼtiborga loyiq: xonadon aʼzolaridan biri uyga qaytganida uning obyektivi xonani kuzatish uchun avtomatik koʻtarilishi va tasvirga olishni toʻxtatib, pastga tushishi mumkin. Shuningdek, kameralar Wi-Fi uzilib qolgan taqdirda ham yozishni davom ettirishga imkon beruvchi ichki xotira bilan jihozlangan.

Yana bir yangilik — LG Smart Deadbolt Lock elektron qulfi. Ultra Wideband texnologiyasi tufayli u egasining yaqinlashayotganini sezadi va unda raqamli kalit oʻrnatilgan mos iPhone yoki Apple Watch boʻlsa, eshikni avtomatik ravishda ochadi. Shuningdek, smartfon yoki soatni tekkizib ochish, PIN-kod kiritish va oddiy kalit uchun moʻljallangan yashirin tuynuk ham nazarda tutilgan. Qulf eshik ochilishini va buzishga urinishlarni qayd etib boradi, mehmonlarga esa «Uy» ilovasi orqali vaqtinchalik kirish huquqini berish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.