APEX BANK va Makani developerlik kompaniyasi Apex-Makani ipoteka dasturini yo‘lga qo‘ydi
APEX BANK va Makani Lola turar joy majmuasidan xonadon xarid qilish uchun yillik 0% stavkada 12 oydan 60 oygacha bo‘lgan ipoteka dasturini ishga tushirdi. Unda boshlang‘ich to‘lov xonadon qiymatining 30 foizidan boshlanadi.

APEX BANK va Makani developerlik kompaniyasi Apex-Makani ipoteka dasturini ishga tushirdi
Yangi ipoteka dasturi orqali xaridorlar Lola turar joy majmuasidan xonadonni boshlang‘ich to‘lov 30 foizdan boshlab, yillik 0% stavkada xarid qilishi mumkin.
APEX BANK va Makani developerlik kompaniyasi Lola turar joy majmuasidan xonadon xarid qilishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan Apex-Makani ipoteka dasturi doirasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Lola turar joy majmuasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-6 mavzesi Avayxon ko‘chasi 47-uy manzilida joylashgan.
Besh qavatli turar joy majmuasi oilalar uchun qulay yashash muhiti va zamonaviy infratuzilmani o‘zida jamlaydi. Loyiha doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
Apex-Makani ipoteka dasturining asosiy shartlari:
Ipoteka olish uchun arizani APEX BANK’ning bosh ofisi va bank xizmatlari markazlarida, shuningdek, Makani’ning sotuv ofislarida topshirish mumkin.
Moliyalashtirishning yakuniy shartlari boshlang‘ich to‘lov miqdori, tanlangan muddat va qarz oluvchining bank talablariga muvofiqligiga qarab belgilanadi.
APEX BANK va Makani o‘rtasidagi hamkorlik Toshkentning birlamchi uy-joy bozorida xaridorlar uchun yangi moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Apex-Makani dasturi Lola turar joy majmuasidan xonadon xarid qilishni rejalashtirayotgan mijozlarga qulay ipoteka shartlarini taklif etadi.

