APEX BANK mobil ilovada oltin va kumush sotib olish hamda sotishni yo‘lga qo‘ydi
APEX BANK mijozlari endilikda oltin va kumushni bankning mobil ilovasi orqali sotib olishi va sotishi mumkin. Ushbu xizmat barcha amaliyotlarni bank ofisiga bormasdan, qulay raqamli shaklda amalga oshirish imkonini beradi.

APEX BANK mobil ilovada oltin va kumushni xarid qilish hamda sotish imkoniyatini ishga tushirdi
Oltin ko‘p yillardan buyon kapitalni uzoq muddat saqlashning eng talabgir vositalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kumush ham zargarlik, elektronika, sanoat va zamonaviy texnologiyalarda keng qo‘llanilgani sababli investitsiyalar uchun jozibador hisoblanadi.
Qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish, ayniqsa, uzoq muddatli investitsiyani rejalashtirayotganlar uchun jamg‘armalarni saqlash va taqsimlashning qo‘shimcha usuli bo‘lishi mumkin.
APEX mobil ilovasi orqali mijozlar oltin va kumushni bevosita xarid qilish va saqlashga ehtiyoj sezmasdan, ularni mustaqil ravishda sotib olishi hamda sotishi mumkin. Bunda oltin savdosi 1 grammdan boshlanadi, bu esa qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Shu bilan birga, oltin va kumush narxi jahon bozoridagi vaziyatga qarab o‘zgarishi, ya’ni oshishi yoki pasayishi mumkin. Shuning uchun sarmoya kiritishda ehtimoliy xatarlar va shaxsiy moliyaviy maqsadlarni inobatga olish muhim.
APEX BANK mijozlarga o‘z mablag‘lari va jamg‘armalarini qulay boshqarish imkonini beruvchi raqamli xizmatlarni rivojlantirishda davom etmoqda.

