Mahalliy

Andijonda parrandachilik sohasida 10 million dollarlik yangi loyihalar ishga tushiriladi

Andijonda parrandachilik sohasida 10 million dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda

Andijon viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «Sokin savdo servis» parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

Parranda goʻshti parhezbopligi va hamyonbopligi bilan aholi ratsionida muhim oʻrin tutadi. Shu bois Oʻzbekistonda yirik parrandachilik majmualarini tashkil etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2010 yilda tashkil etilgan «Sokin savdo servis» korxonasi bugungi kunda Andijon viloyatidagi 5 ta va Namangan viloyatidagi 3 ta parrandachilik xoʻjaligini birlashtirgan boʻlib, ular uchun omixta yem Toshkent viloyatidagi zavodda ishlab chiqariladi.

Klasterda yem ishlab chiqarish, parranda boqish, soʻyish, qayta ishlash, qadoqlash va tayyor mahsulotni isteʼmolchilarga yetkazib berishni oʻz ichiga olgan toʻliq ishlab chiqarish tsikli yoʻlga qoʻyilgan. Loyihaning umumiy qiymati 29 million dollarni tashkil etadi, korxonada 417 ta ish oʻrni yaratilgan. Hozirda bu yerda 1,5 million bosh broyler joʻjasi boqilmoqda. Quvvatlar yiliga 8,2 million bosh broyler yetishtirish va 20,6 ming tonna parranda goʻshti ishlab chiqarish imkonini beradi. Majmua yiliga 55 ming tonna tovuq goʻshti va yarim tayyor mahsulotlarni «Halol», HACCP va ISO standartlari asosida qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Joriy yil boshidan buyon klasterda naslchilik yoʻnalishi rivojlantirilmoqda: 25 ming bosh ona tovuqdan yiliga 9 million dona tuxum olinib, ulardan 7,6 million bosh broyler joʻjasi ochirish rejalashtirilgan. 2027 yil yakuniga qadar korxonada chiqindilarni qayta ishlash liniyasini ishga tushirish va parrandalarni koʻp yarusli qafas tizimida boqishni joriy etish koʻzda tutilgan boʻlib, bu maqsadlarga 10 million dollar yoʻnaltiriladi. Shuningdek, hududdagi boʻsh turgan va qiyinchiliklarga duch kelayotgan xoʻjaliklarni yagona kooperatsiya tizimiga birlashtirish taklif etildi, bu esa 350 tadan 400 tagacha ish oʻrnini tiklash va qoʻshimcha ravishda 1,7 million bosh parranda yetishtirish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.