Andijon viloyatida 9,4 milliard dollarlik 206 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va qurilishi boshlandi
Andijon viloyatida umumiy qiymati 9,4 milliard dollarlik 98 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va yana 108 ta obʼyekt qurilishi boshlandi. Ularni amalga oshirish doirasida 45 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati. Loyihalarni ishga tushirish va yangi qurilishlarni boshlash marosimida viloyatga tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 206 ta loyihadan 98 tasi allaqachon foydalanishga topshirilgan. […]

Andijon viloyatida umumiy qiymati 9,4 milliard dollarlik 98 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi va yana 108 ta obʼyekt qurilishi boshlandi. Ularni amalga oshirish jarayonida 45 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Loyihalarni ishga tushirish va yangi qurilishlarni boshlash marosimida hududga tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
206 ta loyihadan 98 tasi allaqachon foydalanishga topshirildi. Ularning umumiy qiymati 2,05 milliard dollarni tashkil etadi. Yana 7,35 milliard dollarlik 108 ta loyiha qurilish bosqichiga oʻtdi.
Loyihalar energetika, sanoat, toʻqimachilik, mashinasozlik, farmatsevtika, turizm, logistika, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarini qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanlarida amalga oshirilmoqda.
Allaqachon ishga tushirilgan ishlab chiqarishlar qatorida paxta-toʻqimachilik klasteri, elektrobuslar, quyosh panellari va kichik gidroenergetika uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Shuningdek, zamonaviy taʼlim va tibbiyot markazlari ham oʻz faoliyatini boshladi.
Yangi obʼyektlar qatorida xalqaro logistika va turizm markazlari, gidroelektr stantsiyalari, turar joy majmualari hamda chiqindilarni qayta ishlab, elektr energiyasi olish korxonalari mavjud. Bundan tashqari, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.
Barcha loyihalar amalga oshirilgach, hududda yillik ishlab chiqarish hajmi 60,6 trillion soʻmga yetishi, eksport salohiyati esa 533 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

