Dunyo

Amerikalik erkak kanselyariya rezinalaridan ulkan shar yasab, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi ( video)

Klod rezina tasmalarini yig‘ishni bundan 10—11 yil avval, shifokor ko‘rigiga qatnab yurgan kezlari boshlagan.

Amerikalik erkak kanselyariya rezinalaridan ulkan shar yasab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi (video)

AQSHning Detroyt shahrida istiqomat qiluvchi Klod P. Mur kanselyariya rezinalaridan dunyodagi eng katta sharni tayyorlab, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Klod rezina tasmalarini yig‘ishni 10—11 yil avval, shifokor ko‘rigiga borib-kelib yurgan paytlarida boshlagan. 2015-yilda esa uning hamkasblari yig‘ilgan rezinalardan ulkan shar yasashni taklif qilgan. Vaqt o‘tishi bilan shar shu qadar kattalashganki, u garajga sig‘may qolgan va uni maxsus ombor konteyneriga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan.

Oxir-oqibat sharning vazni 5251 kilogrammga yetgan, bu taxminan katta yoshli fil og‘irligiga teng. Ulkan sharni o‘lchash va rekordni qayd etish uchun maxsus kran hamda o‘nlab odamlar yordamida uni Bell Ayl oroliga olib chiqishgan. U yerda Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili yangi jahon rekordini tasdiqlagan.

Avvalgi rekord 2008-yilda Florida shtatida yashovchi Joel Uol tomonidan o‘rnatilgan edi. U yig‘gan rezina tasmalaridan yasagan sharning vazni 4097 kilogrammni tashkil qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.