Dunyo

«Amerika mudofaaga tayyorlanmagan». AQSH bazalaridagi Eron zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar eʼlon qilindi

Bu suratlar Pentagon nazorat organi oʻz hisobotida Amerikaning Yaqin Sharqdagi bazalarida yuzlab bino va inshootlar Eron zarbalari oqibatida shikastlangani va vayron boʻlganini maʼlum qilishi ortidan eʼlon qilindi.

«Amerika mudofaaga tayyorlanmagan». AQSH bazalariga Eron zarbalari oqibatlarini aks ettirgan suratlar e’lon qilindi

Amerikadagi CBS telekompaniyasi Eron zarbalaridan so‘ng AQSHning Yaqin Sharqdagi bir qator obyektlarida yuzaga kelgan vayrongarchilik miqyosini ko‘rsatadigan kadrlarni qo‘lga kiritdi.

Harbiy xizmatchilar taqdim etgan fotosuratlarda ikkiga bo‘linib ketgan radar samolyoti, yer bilan bitta bo‘lib ketgan treylerlar va jiddiy shikastlangan bino ko‘rinadi.

Sanasi ko‘rsatilmagan bu fotosuratlar AQSHning Saudiya Arabistoni va Kuvaytdagi bazalari hamda obyektlarida olingan.

Harbiy xizmatchilardan biri telekanalga anonim tarzda shunday degan: «Bu bazalarimizga yetkazilgan jiddiy shikastlanishlar va bu haqda Amerika jamoatchiligiga ma’lum qilinmagan. Biz u yerda [xuddiki] ko‘zlarimizni yumib turganmiz va yuzimizga zarbalar qabul qilib olganmiz».

Saudiya Arabistonidagi «Shahzoda Sulton» aviabazasida olingan suratda Boeing E-3 Sentry samolyoti ikkiga bo‘linib ketgani, uning dum qismi g‘ijimlanib, pachoqlangani ko‘rinadi.

Fotosuratlarda sana bo‘lmasa-da, shu yil martida xuddi shunday samolyot zarbaga uchrab, yo‘q qilingani tasdiqlangandi.

Boeing E-3 AWACS erta ogohlantirish samolyotlari uzoq masofadagi ehtimoliy nishonlarni aniqlash va kuzatish uchun ishlatiladi.

O‘shanda AQSH rasmiysi Reuters agentligiga Eronning aviabazaga uyushtirgan hujumi oqibatida 12 nafar amerikalik askar yaralangani, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekanini bildirgandi.

Kuvaytdagi «Byuring» bazasida olingani taxmin qilinayotgan, sanasi ham ko‘rsatilmagan ikkita suratda esa vayron qilingan treylerlar hamda chodirga o‘xshash, tom qismi ilma-teshik bo‘lib ketgan va tutun ichida qolgan inshoot aks etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.