Dunyo

AQSH bazalari o‘qqa tutilganiga javoban Eronga ballistik raketalar uchirdi (video)

AQSH Iordaniyadagi harbiy bazasiga qilingan hujumga javoban Eronga ballistik raketalar uchirdi. Bu haqda BBC AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.

AQSHning so‘nggi zarbalar to‘lqini 28-iyul kuni soat 20:00 da (Britaniya yozgi vaqti bilan payshanba kuni soat 01:00) boshlanib, taxminan bir soat davom etgan. CENTCOM buni “Eronning Yaqin Sharqdagi AQSH kuchlariga uyushtirgan hujumlariga kuchli javob” deb atadi.

Eron davlat axborot agentligining xabar berishicha, neft sanoati uchun muhim bo‘lgan Qeshm va Abadan orollari nishonga olingan. Hujum natijasida uch kishi, jumladan, ikki yoshli bola halok bo‘lgan, shuningdek, Eron janubi va g‘arbidagi boshqa hududlar ham zarar ko‘rgan.

Fars agentligi xabariga ko‘ra, “AQSHning Qeshmning Chah Tangu mahallasidagi turar joy binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida bir oilaning uch aʼzosi: ota, ona va ularning 2 yoshli farzandi halok bo‘ldi”.

AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro bir necha kunlik nisbiy tinchlikdan so‘ng yana avj oldi. 24-iyul kuni Donald Tramp diplomatik yechim izlanayotgani sababli Eronga zarbalarni to‘xtatishni buyurgandi. Ammo 28-iyul kuni Eronning Iordaniyadagi bazaga hujumi ortidan harbiy harakatlar qayta tiklandi. Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Iordaniyadagi bazaga qilingan hujumga javob qaytarishga vaʼda bergandi:

“Biz ularga juda qattiq zarba beramiz, chunki ularga zarba berish navbati bizga keldi”, degan edi u.

So‘nggi harbiy harakatlar mojaro kengayib borayotgan bir hafta ichida sodir bo‘ldi. AQSH va Saudiya Arabistoni ilk bor Iroqdagi Eron qo‘llab-quvvatlaydigan guruhlarning nishonlariga birgalikda zarbalar yo‘lladi. AQSH va Isroil fevral oyida Eronga harbiy zarbalar berganida, prezident Donald Tramp urush atigi bir necha hafta davom etishini aytgandi. Ammo u allaqachon besh oydan beri davom etmoqda va oxiri ko‘rinmayapti.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.