Aichi-Nagoya-2026. Rasuljon Abdurahimov bronza medaliga sazovor boʻldi

Aichi-Nagoya-2026. Rasuljon Abdurahimov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir bronza medaliga ega bo‘ldi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasuljon Abdurahimov delegatsiya hisobiga navbatdagi bronza medalini yozdirib qo‘ydi. Qo‘shpoyadagi mashqda ishtirok etgan hamyurtimiz 14.433 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq, shu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili O‘tkirbek Jo‘rayev ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Dastakli ot mashqida qatnashgan yurtdoshimiz 14.733 ball bilan eng yuqori natijani qayd etgan.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar jami 30 ta medal jamg‘arib, medallar bo‘yicha umumiy reytingda 5-o‘rinda bormoqda.

