Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar delegatsiya hisobiga yana 3 ta medal taqdim etishdi

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar delegatsiya hisobiga yana 3 ta medal qo‘shishdi
Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari akademik eshkak eshish musobaqalarida bir nechta yo‘nalishda sovrindorlar safidan joy oldi.
Ayollar o‘rtasidagi W2-juftlik bahsida yurtdoshlarimiz Aydana Smetullayeva va Anna Aksyonova marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, akademik eshkak eshish musobaqalarida erkaklar o‘rtasidagi M4 dasturida Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Alisher Turdiyev va Maksim Golubevdan iborat kvartet kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, M4x yo‘nalishida ishtirok etgan Davrjon Davronov, Shahboz Xolmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorin kvarteti bronza medaliga ega bo‘ldi.
Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 23 taga yetdi: 4 ta oltin, 11 ta kumush, 8 ta bronza. Medallar bo‘yicha umumiy jadvalda O‘zbekiston 7-o‘rinda bormoqda.

