Sport

Aichi-Nagoya-2026. Saydullo Abdurashidov bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Aichi-Nagoya-2026. Saydullo Abdurashidov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Yaponiyada boʻlib oʻtayotgan XX Osiyo oʻyinlarida uchinchi bronza medaliga ega chiqdi.

Ushu bahslarida ikkinchi medal. Sanda yoʻnalishida -56 kg vazn toifasida qatnashgan Saydullo Abdurashidov yarim finalda xitoylik raqibiga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Avvalroq shu sport turida Darya Latisheva Osiyo oʻyinlaridagi uchinchi medalini qoʻlga kiritgan edi. Koʻrgazmali chiqish dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 19.413 ball bilan kumush medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar jamg‘argan medallar soni 8 taga yetdi. Vakillarimiz umumiy jadvalda 14-o‘rinda bormoqda. Birinchi oʻrinni kutilganidek Xitoy delegatsiyasi egallab turibdi. Ularning hisobida jami 77 ta medal bor — 47 ta oltin, 20 ta kumush va 10 ta bronza.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda Yaponiya hamda Janubiy Koreya vakillari joylashgan. Ular mos ravishda 65 ta va 39 ta medal to‘plagan.

Qozog‘istonlik sportchilar 4-o‘rinda bormoqda. Qo‘shnilarimiz hisobida jami 18 ta medal bor — 7 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.