Sport

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekiston ilk oltin medalga ega bo‘ldi

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekiston ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zining birinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Karate bahslarida -67 kg vazn toifasida qatnashgan Abdulvaxob Rashidov barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz finalda mezbon sportchi Yugo Kozakidan ustun keldi.

Avvalroq karate bo‘yicha -55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov musobaqaning kumush medalini, aralash jang san’atining modern yo‘nalishida -71 kg vazn toifasida qatnashgan Nodirbek Shavkatov esa bronza medalni qo‘lga kiritgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.