Aichi-Nagoya-2026. Darya Latisheva kumush medalni qo‘lga kiritdi

Aichi-Nagoya-2026. Darya Latisheva kumush medalni qo‘lga kiritdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi XX yozgi Osiyo oʻyinlarida uchinchi kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Ushu bo‘yicha bellashuvlarda qatnashgan Darya Latisheva Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medaliga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmali chiqish dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 19.413 ball to‘plab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Oldinroq aralash jang san’atining modern yo‘nalishida qatnashgan hamyurtimiz Firdavs Atamuradov 60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, aralash jang san’atining modern yo‘nalishida 71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov bronza medalga sazovor bo‘lgandi.
Bundan tashqari, karate musobaqalarida ikki nafar hamyurtimiz sovrindor bo‘lgan. Jumladan, 67 kg vazn toifasida qatnashgan Abdulvaxob Rashidov oltin, 55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Halimov esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilarning jami medallari soni 5 taga yetdi.

