Aichi-Nagoya 2026: O‘zbekistonlik yana ikki sportchi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sport gimnastikasida O‘tkirbek Jo‘rayev dastakli ot mashqida, yengil atletikada Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida chempion bo‘ldi. O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni oltitaga yetdi.

Aichi-Nagoya 2026: O‘zbekistonlik yana ikki sportchi Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida yana ikki oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sport gimnastikasida O‘tkirbek Jo‘rayev, yengil atletikada esa Sharifa Davronova Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi O‘tkirbek Jo‘rayev dastakli ot mashqida eng yaxshi natijani ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Jo‘rayev finalda 14,733 ball to‘pladi. Bu natija unga dastakli ot mashqida birinchi o‘rinni egallash va Aichi-Nagoya 2026 Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lish imkonini berdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida 14,35 metr natija qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, Davronova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston delegatsiyasiga Aichi-Nagoya 2026 musobaqalarida navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 6 taga yetdi. Avvalgi oltin medallarni eshkak eshish bo‘yicha Shohsanam Sherzodova, karate bo‘yicha Abdulvaxob Rashidov, akademik eshkak eshish bo‘yicha Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev, o‘q otish bahslarida esa Vladimir Svechnikov qo‘lga kiritgandi.

