4-noyabrda O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

4-noyabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.
Bugun va ertaga respublikaning katta qismida quruq hamda iliq ob-havo saqlanib qoladi.
Kunduzgi havo harorati asosan 20-23 daraja iliq bo‘ladi.
4-noyabrda Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda, kechga tomon esa respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir yog‘adi.
Shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. 5-noyabrda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. 6-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda kechalari havo harorati 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 4-5 noyabrda 18-23 daraja iliq, 6-noyabrda 23-25 daraja iliq, janubiy hududlarda esa 27 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda esa qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 4-noyabrda kechqurun va 5-noyabrda kechasi hamda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari esa 20-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

