Mahalliy

Haftaning birinchi yarmida qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, yog‘ingarchilik 4-noyabrdan boshlanadi. Baland togʻlarda qor yog‘ishi kutilmoqda.

Haftaning boshida bir qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 4-noyabrdan boshlab ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 2—3-noyabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati asosan 20-23 daraja iliq bo‘ladi.

4-noyabr kuni Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida, kechga tomon esa respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir yogʻadi. Shimoliy va sharqiy hududlarda esa yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

5-noyabrda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi davom etadi.

6-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 4-5-noyabrda 18-23 daraja iliq, 6-noyabrda 23-25 daraja iliq, janubiy hududlarda esa 27 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda esa qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda faqat 4-noyabr kuni kechqurun va 5-noyabrda kechasi hamda ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Noyabr oyi bo‘yicha prognozlarga ko‘ra, ushbu oyda o‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida, ayrim joylarda esa me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat fonida pasayish kuzatiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.