O‘zbekistonning qator hududlarida 4-sentyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-sentyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor
“O‘zgidromet” 4-sentyabrga oid ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, juma kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Sentyabr oyi uchun prognozlarga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

