O‘zbekistonning qator hududlarida 28-avgust kuni chang-to‘zon kuzatiladi

28-avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilingan ob-havo ma’lumotida qayd etilgan.
**Toshkent shahrida** havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 3-8 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi esa 35-37 daraja atrofida bo‘ladi.
**Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida** havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etib, ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
**Buxoro va Navoiy viloyatlarida** havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim vaqtlarda esa 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, shuningdek, chang-to‘zon bilan kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
**Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida** havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim vaqtlarda esa 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi, shuningdek, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
**Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida** havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.
**Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida** havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 5-10 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
**Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida** havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 7-12 metr/sekundni tashkil etadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

