O‘zbekistonda 27-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 27-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, payshanba kuni havo harorati 40 darajadan oshmaydi.
**Toshkent shahrida:** Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi harorat 17-19 daraja, kunduzi 35-37 daraja atrofida bo‘ladi.
**Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida:** Havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
**Buxoro va Navoiy viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
**Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 32-37 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
**Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
**Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida:** Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
**Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida:** Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Avvalgi prognozlarga ko‘ra, ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan biroz issiq ob-havo saqlanib qolishi, haftaning ikkinchi yarmida esa kunduzgi havo harorati 2-3 darajaga ko‘tarilishi ma’lum qilingan edi.

