Zidanning o‘g‘li yangi jamoaga o‘tdi

Zidan o‘g‘li yangi klubga o‘tdi
"Real Madrid" va "Granada"ning sobiq darvozaboni Luka Zidan endi "Leganes" jamoasi sharafini himoya qiladi. Jazoir terma jamoasining 28 yoshli posboni yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Transferning moliyaviy tafsilotlari rasman e'lon qilinmadi.
Zidan so‘nggi ikki mavsumni Ispaniya ikkinchi divizioni – Segunda ishtirokchisi "Granada" safida o‘tkazgan edi. "Leganes" ham yangi mavsumda aynan shu musobaqada ishtirok etadi.
Bu davr mobaynida darvozabon barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Endi u faoliyatining yangi bosqichini "Leganes"da boshlaydi.
Luka Zidan Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lishiga qaramay, "qirollik klubi"ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egallay olmadi.
Darvozabon afsonaviy fransiyalik futbolchi va murabbiy Zinedin Zidanning o‘g‘li hisoblanadi. Yaqinda uning otasi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Lukaning o‘zi esa xalqaro faoliyatini Jazoir terma jamoasida davom ettirishni tanladi. U 2026-yilgi Jahon chempionatida Jazoir terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida ishtirok etdi.

