Mahalliy
Yunusobodda yomg‘ir suvlarini chiqarish uchun yangi quvur yotqizilmoqda
Yunusobod tumanida yomg‘ir va sel suvlari to‘planishining oldini olish uchun diametri 526 mm bo‘lgan 30 metrlik quvur yotqizilmoqda.

Yunusobod tumanida yomg‘ir suvlarini chiqarish uchun yangi quvur o‘rnatilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) – Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yunusota ko‘chasida yomg‘ir va sel suvlarining yig‘ilishini bartaraf etishga qaratilgan muhandislik ishlari boshlandi. Ushbu loyiha doirasida 30 metr uzunlikdagi, diametri 526 mm bo‘lgan quvur yotqiziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, loyihaning amalga oshirilishi yog‘ingarchilik vaqtida ushbu hududda suv toshqinlarining oldini olishga hamda yomg‘ir va sel suvlarini o‘z vaqtida chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
yomg'ir suvitoshkentsel suviyunusobodmuhandislik ishlariinfratuzilmaquvursuv toshqini

