Mahalliy

Yashnobodda keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz buzuq harakat sodir etgan shaxs fuqarolar tomonidan ushlanib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.

Yashnobod tumanida keksa ayolga nisbatan uyatsiz xatti-harakat sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.

Joriy yilning 4-avgust kuni taxminan soat 05:30 da Yashnobod tumanining Shirinobod mahallasida 2004-yilda tug‘ilgan M.X. ismli shaxs mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilgan.

U voqea joyidan qochishga uringan, biroq atrofda bo‘lgan fuqarolar uni ushlab qolib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan M.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik"), 187-moddasi ("Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish") va 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan.

uzbekistanarrestlegal actionpublic disturbancepublic indecencydrunkennessyashnobod districtelderly victim