Layfstayl

Xotira va miya holatini yaxshilovchi meva nomi aytildi

Olimlar Fragnham Heart Study tadqiqotida o‘rtacha yoshi 61 bo‘lgan 1771 ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

Xotira va miya faoliyatini yaxshilovchi meva aniqlandi

"Food & Function (F&F)" jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, yong‘oqni muntazam iste’mol qilish, ayniqsa, kam harakatlanadigan va sog‘lom ovqatlanishga rioya qilmaydigan shaxslarda kognitiv qobiliyatlarni yaxshilashi mumkin.

Tadqiqotchilar Fragnham Heart Study doirasida o‘rtacha yoshi 61 bo‘lgan 1771 nafar ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qildilar. Ular yong‘oq iste’moli odatlari, xotira va fikrlash testlari natijalari, miya hajmi, neyrotrofik omillar darajasi hamda keyingi 10 yil ichida insult va demensiya holatlarini baholadilar.

Insultni boshdan kechirmagan ishtirokchilar orasida yong‘oqni ko‘proq iste’mol qilish umumiy kognitiv ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bu bog‘liqlik ayniqsa, jismoniy faolligi past yoki ovqatlanish sifati yomon bo‘lgan ishtirokchilar guruhida yaqqol namoyon bo‘ldi. Jismonan faol shaxslar orasida esa yong‘oq iste’moli umumiy miya hajmining kattalashishi bilan ham bog‘liq edi.

Shu bilan birga, 10 yillik kuzatuv davrida yong‘oq iste’moli insult yoki demensiya holatlarining kamayishi bilan bevosita bog‘liq emasligi qayd etildi.

Avvalroq olimlar bodomni har kuni iste’mol qilish uyqu sifatini yaxshilashga yordam berishini aniqlagan edilar.

xotirayong'oqmiya salomatligikognitiv funktsiyatadqiqotdemensiyainsultoziqlanish