Layfstayl

Erkaklarda kortizol miqdorining yuqoriligi ularni tavakkal qilishga undaydi — yangi tadqiqot

Erkaklarda kortizol darajasining ko‘tarilishi ularni tavakkal qilishga undashi aniqlandi — yangi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqda.

News Medical nashrining yozishicha, olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, kuchli hissiy zo‘riqish erkaklarning qaror qabul qilishiga ta’sir etuvchi organizmning ichki ogohlantiruvchi signallari faoliyatini buzadi.

Kanada universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajriba natijalari Scientific Reports jurnalida chop etildi. Tadqiqotda 109 nafar sog‘lom yosh ko‘ngilli ishtirok etdi. Mutaxassislar kuchli psixoijtimoiy stress vaqtida kortizol ajralib chiqishi “somatik markerlar”ga, ya’ni insonga tavakkalchilikni baholashga yordam beradigan tana reaksiyalariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandilar.

Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lindi: birinchi guruh suhbat imitatsiyasi va matematik masalalarni yechish orqali stress-testdan o‘tkazildi, ikkinchi guruh esa xotirjam sharoitda bo‘ldi.

Keyin barcha ko‘ngillilar karta o‘yini o‘ynadi. Undagi yutuq va yutqiziqlar tavakkal qilishga moyillikni baholash imkonini berardi. Shu bilan bir vaqtda olimlar so‘lakdagi kortizol miqdorini va teri reaksiyasini qayd etib bordilar.

Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarda kortizolning yuqori darajasi muvaffaqiyatsiz qarorlardan darak beruvchi fiziologik signallarni to‘sgan. Natijada tana reaksiyasi erkaklarga asossiz tavakkaldan qochishga yordam bermay qo‘ygan. Ayollarda esa bunday o‘zgarish kuzatilmadi.

tadqiqotkortizolerkaklartavakkalchilikqaror qabul qilishfiziologiyapsixologiyastress