«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi va bankka kirgan bosqinchi - mahalliy dayjest.
15 iyuldan «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi. Anomal issiq: ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi, sup sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi. Ish haqi kechikkanda ish beruvchining kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanadi. Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. 2026 yilda oliy ta’limga qabul miqdori keskin oshirildi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz..

«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi va bankka bostirib kirgan shaxs - mahalliy yangiliklar.
15 iyuldan «Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi. Anomal issiq ob-havo sharoitida ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi, suv sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi. Ish haqi kechikkan taqdirda ish beruvchining kompensatsiya to‘lash tartibi belgilandi. Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. 2026 yilda oliy ta’limga qabul miqdori keskin oshirildi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishing.
«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi
15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskorlar 3 avgustgacha o‘z loyihalarini openbudget.uz portalida taqdim etishlari mumkin. Joriy mavsum uchun ajratilgan budjet miqdori – 2 trillion 187,7 mlrd so‘m.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati qurilish-ta’mirlash loyihalari bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt ming baravari (1 mlrd 648 mln so‘m), jihozlash loyihalari bo‘yicha esa ikki ming barobaridan (824 mln so‘m) oshmasligi kerak.
Sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar ham 3 avgustgacha qabul qilinadi. Bunda loyiha uchun zarur mablag‘ning 50 foizi to‘plangan taqdirda, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foiz mablag‘ mahalliy budjetdan moliyalashtiriladi. G‘olib loyihalar 1 sentabr kuni e’lon qilinadi.
Anomal issiq: ish beruvchilarga yangi talablar qo‘yildi, suv sepish va sug‘orish ishlari kuchaytirildi
Davlat mehnat inspeksiyasi mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida ish beruvchilarni xodimlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator majburiy choralarni ko‘rishga chaqirdi. Jumladan, kunning eng issiq soatlarida tashqi va og‘ir jismoniy ishlarni cheklash yoki vaqtincha to‘xtatish tavsiya etildi.
Inspeksiyaning ma’lum qilishicha, havo harorati yuqori bo‘lgan kunlarda ish beruvchilar ish jarayonini mehnatni muhofaza qilish talablari asosida tashkil etishlari shart. Xususan, soat 11:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan eng issiq vaqtda tashqi ishlar hajmini qisqartirish yoki to‘liq to‘xtatish, shuningdek, og‘ir jismoniy mehnatni cheklash tavsiya etilgan.
Shu bilan birga, respublika bo‘ylab yashil hududlarni asrash va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytirildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, mamlakatning barcha hududlarida daraxtlar, butalar va manzarali o‘simliklar namlikning bug‘lanishi eng kam bo‘lgan tong, kechqurun va tungi vaqtlarda sug‘orilmoqda. Shuningdek, maxsus texnikalar yordamida shahar ko‘chalari va jamoat joylarini sovitish ishlari ham tashkil etilgan.
Ish haqi kechikkanda ish beruvchining kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanadi
Qonunchilik palatasi deputatlari mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Loyihada ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda. Ammo xabarda bu qanday bo‘lishi haqida ma’lumot

