O‘zbekistonda qancha kutubxona faoliyat yuritmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekistonda jami 17 763 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Ularda umumiy hisobda 89,2 million nusxada kitob va jurnal saqlanadi. Statistikaga ko‘ra, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘i ta’lim muassasalari, tashkilotlar huzuridagi axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlarini ham qamrab oladi.

O‘zbekistonda qancha kutubxona faoliyat yuritmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 17 763 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu kutubxonalarda umumiy hisobda 89,2 million nusxada kitob va jurnal saqlanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘i ta’lim muassasalari, tashkilotlar huzuridagi axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona markazlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kutubxona Samarqand viloyatida joylashgan bo‘lib, ularning soni 2 044 tani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (1 767 ta), Surxondaryo viloyati (1 600 ta) va Farg‘ona viloyati (1 575 ta) turadi.
Namangan viloyatida 1 477 ta, Toshkent viloyatida 1 446 ta, Toshkent shahrida esa 1 217 ta kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 1 100 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida 1 058 tadan, Buxoro viloyatida esa 1 049 ta kutubxona mavjud.
Eng kam ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyatida 887 ta, Jizzax viloyatida 810 ta va Navoiy viloyatida 675 ta kutubxona hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ushbu hisob-kitoblarga respublika hududidagi barcha turdagi kutubxonalar kiritilganini ta’kidlab o‘tdi. Ular qatoriga umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari huzuridagi axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlari ham kiradi.

