Mahalliy

O‘zbekistonda faxriylar maqomi belgilanyapti. Ularga turli imtiyozlar beriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqilib, ikkinchi o‘qishda qabul

O‘zbekistonda faxriylar maqomi belgilanishi rejalashtirilmoqda. Ular uchun turli imtiyozlar taqdim etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida «Faxriylar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi moddalar bo‘yicha ko‘rib chiqilib, ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, faxriylar maqomi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasi, imtiyozlari hamda davlat organlarining bu sohadagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yiladi.

Hujjatda faxriylarning toifalari ham aniq ko‘rsatilmoqda. Ular qatoriga urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, boshqa davlatlar hududidagi jangovar harakatlar qatnashchilari, Qurolli Kuchlar, sud, prokuratura, adliya va bojxona organlari faxriylari, mehnat faxriylari hamda alohida toifadagi faxriylar kiradi.

Loyihaga muvofiq, muayyan soha, tarmoq yoki kasbda uzoq yillar davomida vijdonan mehnat qilib, davlat va jamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lgan shaxslarga faxriy maqomi beriladi.

Faxriy maqomini olgan fuqarolarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.

Shuningdek, ularni dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash, muzeylar, teatrlar, sport va boshqa madaniy muassasalarning pullik xizmatlaridan imtiyozli foydalanish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Toshkentda pulli avtoturargoh uchun to‘lov qilmaganlarga jarima joriy etilishi mumkin.

«MICE» tadbirlari tashkilotchilariga QQSning yarmi qaytariladi.

O‘zbekistonda xalqaro kongress, biznes-forum, investitsiya anjumanlari va ko‘rgazmalar o‘tkazish rag‘batlantiriladi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.

Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.

Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!

Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?

Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.

Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.

Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.

Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.

Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.

Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Baxtiyor Sheraliyev biologist-ixtiolog / genetik.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda him

madaniyato‘zbekistonoliy majlisqonunfaxriylarimtiyozlarijtimoiy himoyaurush faxriylari