Mahalliy

Davlatlarning mahbuslar soni bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Davlatlarning mahbuslar soni bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston qaysi o‘rinda?

Dunyo mamlakatlarining mahbuslar soni bo‘yicha 2025-yilgi reytingi e’lon qilindi va O‘zbekiston 166-o‘rinni egalladi.

Ushbu reyting Jinoyatchilik va odil sudlov siyosatini tadqiq qilish instituti tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda har 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar soni hisobga olingan. Markaziy Osiyo davlatlari reytingda quyidagi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi:

Turkmaniston — 4-o‘rin (har 100 ming kishiga 576 mahbus);

Qozog‘iston — 103-o‘rin (163 mahbus);

Tojikiston — 112-o‘rin (145 mahbus);

Qirg‘iziston — 145-o‘rin (112 mahbus);

O‘zbekiston — 166-o‘rin (85 mahbus).

Shuningdek, Armaniston 167-o‘rinni (83 mahbus), Gruziya 41-o‘rinni (285 mahbus), Ozarbayjon 50-o‘rinni (264 mahbus), Rossiya 35-o‘rinni (300 mahbus), Turkiya 10-o‘rinni (468 mahbus), Ukraina esa 138-o‘rinni (116 mahbus) egallagan.

Aholiga nisbatan eng ko‘p mahbuslar soni Salvadorda (har 100 ming kishiga 1659 mahbus) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Kuba (794 mahbus), Ruanda (620), Turkmaniston (576) va AQSH (542) egallagan. Eng past ko‘rsatkich Yaman (14 mahbus), Somali (16), Lixtenshteyn (20)da kuzatilgan.

Tadqiqot milliy xizmatlar va xalqaro institutlarning statistik ma’lumotlariga asoslangan. Mahbuslar soniga oid ushbu ma’lumotlar Institutning har yili yangilanadigan “Jahon qamoqxonalari sharhi” (World Prison Brief) maxsus hisobotida e’lon qilinadi.

Reytingga jinoiy ish doirasida ushlanganlar, hibsga olinganlar yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganlar kiritilgan. Ma’muriy maqsadlarda (masalan, immigratsiya tartibida) ushlab turilgan shaxslar hisobga olinmagan.

Mavzuga doir:

Rossiya qamoqxonasidagi o‘zbekistonliklar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

Panjara ortidagi mutolaa: kitob o‘qigan mahkumlar jazo muddatini qisqartirish tartibi tasdiqlandi

Turkmanistondagi koloniyada “Bin Laden” vafot etdi

reytingo‘zbekistonmarkaziy osiyostatistik ma’lumotlarmahbuslarjinoyatchilikodil sudlovjazo muddatlari