Sport

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyev “venom”ga qarshi jang qiladi (foto)

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyev “venom”ga qarshi jangga chiqadi (foto)

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi, UFC o‘rta vazn toifasida 15-raqamli jangchi, 32 yoshli Nursulton Ro‘ziboyev 5-sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida o‘tkaziladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko‘tariladi.

Ro‘ziboyevning raqibi angliyalik Maykl “venom” Peyj bo‘ladi. 39 yoshli Peyj UFC’da 2024-yil 9-martdan buyon faoliyat yuritmoqda. Hozirgacha u promoushenda 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatga ega. U so‘nggi jangini 2026-yil 21-mart kuni Sem Pattersonga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan. Uning MMA rekordida 25 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat mavjud. Ushbu bellashuv UFC o‘rta vazn toifasidagi reyting jangi bo‘ladi.

Foto: Instagram/Nursulton Ro‘ziboyev Ro‘ziboyev hozirga qadar 50 ta jang o‘tkazib, ulardan 37 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Shuningdek, uning 2 ta jang natijasi bekor qilingan. Peyjga qarshi jang Ro‘ziboyevning UFC’dagi yettinchi jangiga aylanadi. Bungacha u ushbu promoushenda 6 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev so‘nggi bor 27-iyun kuni rossiyalik Andrey Pulyayevga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub bo‘lgan.

sportufcjangnursulton ro‘ziboyevmaykl peyjaralash jang san’atio‘rta vaznmma