Rasman. Bogdan Guskov 10 kundan so‘ng Magomed Ankalayevga qarshi jang qiladi (foto)
Rasman. Bogdan Guskov 10 kundan so‘ng Magomed Ankalayevga qarshi jang o‘tkazadi (foto)
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov UFC doirasidagi navbatdagi jangini sobiq chempion, rossiyalik Magomed Ankalayevga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xalil Rountri jarohati sabab UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangida qatnasha olmaydi. Ushbu turnir 25-iyul kuni “Etihad” arena mezbonlik qiladi.
Foto: UFC
“Uning o‘rniga yarim og‘ir vazn toifasida UFC reytingining 1-raqamli jangchisi Magomed Ankalayevga qarshi O‘zbekistonning eng yuqori reytingli vakili, divizionning 10-raqamli jangchisi Bogdan Guskov oktagonga chiqadi. Guskovning hisobida 18 ta g‘alaba va 18 ta muddatidan avval yakunlangan jang mavjud bo‘lib, ulardan 13 tasini birinchi raundda yakunlagan. O‘zbekistonlik jangchi sobiq chempion Ankalayevga qarshi o‘tkaziladigan ushbu muhim yarim og‘ir vazn toifasidagi bahsda UFC’dagi ilk “main event” jangida o‘z imkoniyatini namoyish etishga harakat qiladi”, deyiladi xabarda.
Bogdan Guskov oxirgi jangini 2025-yil dekabr oyida UFC 323 turniri doirasida Yan Blaxovichga qarshi o‘tkazgan. Ushbu bahs durang natija bilan yakunlangan. Ular o‘rtasidagi revansh jangi 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniriga belgilangan. O‘zbekistonlik sportchi UFC promousheni doirasida hozirga qadar 6 ta jang o‘tkazib, shulardan 4 tasida g‘alaba qozongan, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etgan.
Uning navbatdagi raqibi, sobiq chempion Magomed Ankalayev, oxirgi jangini 2025-yil oktyabr oyida o‘tkazgan. U UFC 320 turnirida Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan va chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Ankalayev faoliyati davomida 24 marta oktagonga chiqib, shularning 20 tasida g‘alaba qozongan, 2 bor mag‘lub bo‘lgan, 1 jangda esa Yan Blaxovich bilan durang qayd etgan. Uning yana bir jangi natijasi bekor qilingan.

