Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasida qoladimi?

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasida qoladimi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Fabio Kannavaro o‘z lavozimida davom etadi. “Daryo” manbasiga ko‘ra, mutaxassis jamoani 2027-yilda Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Championat.asia nashrining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati italiyalik mutaxassisning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jahon chempionatidagi ishtirokdan so‘ng Kannavaro oldiga Osiyo kubogida yuqori natijalar ko‘rsatish, xususan, chempionlik uchun kurashish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, murabbiy yaqin kunlarda terma jamoaning navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini rejalashtirib, qit’a birinchiligiga tayyorgarlikning yangi bosqichini boshlashi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi asosiy e’tiborni jamoa tarkibini yanada shakllantirish va Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor JCH-2026 musobaqasida ishtirok etib, guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR vakillariga imkoniyatni boy berdi va turnir bilan erta xayrlashdi. Hozirda jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ta’tilni o‘tkazish uchun Italiyaga yo‘l olgan.

fabio kannavaroo‘zbekiston terma jamoasiosiyo kubogimurabbiytayyorgarlikjahon chempionatifutbolsport