“Ronalduning olti sayohati”. Futbolchining Jahon chempionatlaridagi ishtirokiga nazar

“Ronalduning olti sayohati”. Futbolchining Jahon chempionatlaridagi ishtirokiga nazar

2026-yilgi Jahon chempionati Krishtianu Ronaldu, Leo Messi va Gilierme Ochoa uchun oltinchi bo‘ldi. Biroq, aynan Krishtianu uchun bu safar alohida ahamiyatga ega. Ochoa zaxira darvozaboni sifatida qatnashgan bo‘lsa, Messi 2006-yilgi birinchi mundialida asosiy futbolchi emasdi va faqat bir o‘yinda to‘liq maydonda bo‘lgan. Krishtianu Ronaldu esa barcha olti mundialga terma jamoasi yetakchisi sifatida tashrif buyurdi va hozirda olti Jahon chempionatining har birida gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Foto: “Daryo” Ha, bu gollarning aksariyati guruh o‘yinlarida urilgan, Ronaldu boshqa ko‘p futbolchilardan farqli ravishda hatto finalda ham o‘ynamagan. Ammo, boshqa tomondan, olti mundial, ya’ni 20 yil davomida Portugaliya terma jamoasining yetakchisi bo‘lishi uning shuncha muddat yuqori sport formasida bo‘lganligini isbotlaydi. Bu esa hech ham oson emas.

JCH-2006. Debyut, ilk gol, Runi bilan ziddivat

Krishtianuning ilk mundiali Germaniyada o‘tgan chempionat bo‘lgandi. O‘sha paytda Portugaliya tarkibida Figu, Gomish, Pauleta kabi eski avlod futbolchilari bo‘lsa-da, avlodlar almashinuvi boshlangan, ikki yil oldingi Yevrodan farqli ravishda Ronaldu terma jamoaning asosiy yulduziga aylangandi. Chempionatlar tarixidagi ilk golini Ronaldu ikkinchi turda, Eron terma jamoasi darvozasiga penaltidan urdi. Portugaliya guruhdagi uchala o‘yinni ham o‘z foydasiga hal qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Nimchorak finalda Niderlandiya (1:0), keyingi bosqichda penaltilar seriyasida Angliya (0:0) dog‘da qoldirildi. Fransiyaga qarshi yarimfinal (0:1), shuningdek, Germaniya bilan uchinchi o‘rin uchun bahslar (1:3) esa boy berildi. Ronaldu hisobidagi penaltidan urilgan gol turnirda yagonaligicha qolib ketgan bo‘lsa-da, u ilk mundialini ancha yorqin o‘tkazdi, deyish mumkin. Birinchidan, Ronaldu musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasida faqat Podolskidan ortda qolgan bo‘lsa, ikkinchi yorqin voqea — Angliya va Portugaliya o‘rtasidagi chorak final o‘yinidagi Ueyn Runi bilan bo‘lgan ziddivat katta shov-shuv chiqargandi.

Foto: ESPN Aslida nima bo‘lgandi? Rikardo Karvalyu bilan to‘p uchun kurashgan Ueyn Runi uning oyog‘ini bosib oladi va hakam tomonidan maydondan chetlashtiriladi. O‘sha jarayonda “Manchester Yunayted”dagi jamoadoshiga qizil kartochka ko‘rsatilishiga Ronaldu faol ta’sir qilgan, hakamdan jazo talab qilib arz qilgandi. Runi chetlatilgach, Portugaliya zaxira o‘rindig‘iga qarab ko‘z qisib qo‘ygan Ronaldu yaqin planda tasvirga tushib qolgani Angliyada unga qarshi kampaniya boshlanishiga sabab bo‘lgandi. Ish shu darajaga boradiki, hatto Ronaldu Angliyaga qaytib borishga qo‘rqib qoladi, nashrlar Runi va Ronaldu ziddiyati haqida bo‘rttirib yoza boshlaydilar. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu o‘sha kuniyoq Angliya terma jamoasi avtobusi oldiga borib, Rio Ferdinanddan Runi bilan uchrashtirishni so‘ragan, o‘shandayoq ikki futbolchi gaplashib, o‘rtadagi tushunmovchilikni hal qilib olgan ekan. “Biz maydonda raqib edik, balki men ham uning o‘rnida shunday qilishim mumkin edi. Ronal

messikrishtianu ronalduportugaliyarekordlarochoasport formasijahon chempionatifutbol