Tandir – xalqning o‘ziga xos madaniy-moddiy boyligi

Qishloqdan keladigan qarindoshlarim, albatta, uyda tandirda pishirilgan non ko‘tarib kelishadi. Har gal ona qishlog‘im Turbat nonini iste’mol qilar ekanman, yoshligim, bolalik xotiralarim yodga tushadi. Boshqa qishloqlarni bilmadim-u, bizning qishloqda oshxona «o‘chavoshi» (o‘chovoshi) deyilardi. Katta bo‘lganimda «o‘chavoshi» nima ekanini bilib oldim...

Tandir – xalqning o‘ziga xos madaniy-moddiy boyligi

Qishloqdan keladigan qarindoshlarim, albatta, uyda tandirda pishirilgan non olib kelishadi. Har safar ona qishlog‘im Turbat nonini iste’mol qilganimda, bolalik xotiralarim yodga tushadi.

Boshqa qishloqlarni bilmayman, lekin bizning qishloqda oshxona «o‘chavoshi» deb atalardi. Katta bo‘lganimda «o‘chavoshi» nima ekanini bilib oldim — bu «o‘choq boshi» degan ma’noni anglatadi. Hozirda qishlog‘imizda «o‘chavoshi» so‘zi iste’moldan chiqib ketgan — hamma zamonaviylashib, «oshxona» deb atashni afzal ko‘rmoqda. Mana shu «o‘chavoshi»da tandir, kichik va katta qozonlar bo‘lardi. Kichik qozonda o‘zimiz uchun, katta qozonda mehmonlar kelganda taom tayyorlanardi. Tandir uchun maxsus supacha tayyorlanardi. Supacha ham o‘ziga xos bo‘lib, tandir tagida o‘tin yoki tezak turishi uchun maxsus joy tayyorlanardi. Yer tandir ham bo‘lardi, ammo u kamdan-kam hollarda qurilardi.

O‘zbek xalqi madaniyatida tandirning o‘rni beqiyosdir. U loydan yasaladi. Qishlog‘imizda, xuddi kigizni ayollar tayyorlaganidek, tandirni ham ayollar hashar yo‘li bilan yasashardi. Bolaligimni eslayman. Avvaliga chuqur (o‘ra) qazilardi. Mana shu chuqurni kavlamoqchi bo‘lgan insondan yuksak aql-zakovat talab qilinardi. Chunki tandir tom ma’noda san’at asari bo‘lishi kerak edi. Tandir tayyorlash va uni o‘rnatish oson ish emasdi. Tandir uchun loy oddiy tuproqdan emas, balki qishlog‘imiz ayollarining tili bilan aytganda, «sog‘ tuproq»dan tayyorlanardi. Bunday «sog‘ tuproq» tepalikning jar qismining eng tagidan olinardi.

Avvaliga qo‘y yoki echki juni solingan loy oyoqda tepilib, obdan «pishitilardi». Bu jarayon tandirning mustahkam bo‘lishiga xizmat qilardi. So‘ng mana shu «pishitilgan» loy qazilgan chuqurga terib chiqilardi. Quriguncha bir-ikki kun turardi. Keyin esa ko‘tarib olinardi. Qarabsizki — taptayyor tandir. An’anaga ko‘ra, tandirdan chiqqan birinchi non bolalarga va tandirni tayyorlashda ishtirok etgan mehmonlarga berilardi. Chunki shunday qilinsa, uyga baraka kirar ekan. Hozirda qishlog‘imizda tandir tayyorlanmaydi, balki tayyori sotib olinadi. Ma’lumki, hozirda tandir erkaklar tomonidan, mutlaqo boshqacha usulda tayyorlanadi.

Keyinchalik tandir tarixi bilan qiziqib ko‘rdim. Tandir haqida ko‘proq ozarbayjon tarixchilari yozishgan. Ularning asarlariga ko‘ra, tandir tarixi neolit davrida — odamlar o‘troq holda yashay boshlaganlaridan keyin boshlangan ekan. «Tandir» so‘zi qadimgi turk tiliga (shumerlar) borib taqaladi. Biroq tandir ko‘chmanchilarning emas, balki o‘troq xalqning qadriyati ekani tan olinadi. Qadimdan o‘troq xalq sifatida tanilgan o‘zbeklar non yopishda ming asrlardan beri tandirdan foydalanib kelishadi. Bugungi kunda ham tandir xalqimiz madaniyatining bir qismi sifatida e’zozlanadi. Kimdir tandir ham madaniyatimizning bir bo‘lagi deyotganimizga e’tiroz bildirishi mumkin. Tandir nafaqat tariximiz, balki madaniyatimizdir.

Tandirda non yopish qadimiy an’ana, urf-odat. Non yopish san’ati esa xalqimiz tarixi boshlangan dav

o‘zbekistontandirmadaniyatan’ananontarixqishloqqadriyat