Makgregor operatsiya qilinadi

Makgregor operatsiya o'tkazadi

Sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Maks Holloueyga qarshi jangda olgan jarohatidan so‘ng operatsiya o'tkazishga majbur bo'ladi. Bu haqda sportchi o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Avvalroq Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) o'tkazilgan UFC 329 turnirida Makgregor Holloueyga texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan. Irlandiyalik jangchi bahs boshlanganidan atigi 65 soniya o'tgach, mag'lubiyatga uchradi. U jangning ilk soniyalaridayoq tizzasidan jarohat olib, bellashuvni davom ettira olmadi. Jangdan so'ng UFC prezidenti Dana Uayt Makgregorning tizzasidagi oldingi xochsimon bog'lami shikastlanganini ma'lum qildi. "Operatsiya, reabilitatsiya, mashg'ulotlarga qaytish. Yana oldinga. Shartnomam bo'yicha so'nggi jang", deya yozdi Makgregor.

37 yoshli Konor faoliyati davomida aralash yakkakurashlarda 22 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatga erishgan. U avval UFC’ning yarim yengil va yengil vazn toifalarida chempionlik kamarlariga ega bo'lgan. 2024-yil iyun oyida u amerikalik Maykl Chendlerga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Biroq tayyorgarlik jarayonida oyog'ining barmog'ini sindirib olgani sababli ushbu jang bekor qilingan. Bundan avvalgi, 2021-yil iyul oyida Dastin Poryega qarshi bahsda esa Makgregor oyog'ini sindirib olgan edi.

sportkonor makgregorufcoperatsiyajarohatmaks holloueyjangreabilitatsiya