Mahalliy

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 235 794 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,8 ming donaga ko‘pdir.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yuqoriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha Cobalt yetakchilik qilmoqda. Joriy yilning dastlabki olti oyida ushbu modeldan 82 951 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.

Keyingi o‘rinlarda Damas (42 663 dona), Tracker (23 249 dona), Onix (18 715 dona), KIA (15 184 dona) va BYD (13 405 dona) avtomobillari qayd etilgan.

Shu bilan birga, hisobot davrida Haval rusumida 5 061 dona, Chery rusumida 4 384 dona, Chevrolet Damas Move rusumida 600 dona avtomobil hamda 29 582 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma'lumotlar mamlakatda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan barqaror o‘sish tendensiyasini saqlab qolayotganini ko‘rsatmoqda.

uzbekistancobaltautomotive industryonixcar productiondamastracker