O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ma’lum qilindi
2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda 235,8 mingga yaqin yengil avtomobil ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvaridan iyungacha bo‘lgan davrda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modellari aniqlandi. Milliy statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakatda jami 235 ming 794 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3 ming donaga ko‘proqdir.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida "Cobalt" modeli yetakchilik qildi, uning ulushi eng yuqori bo‘ldi. Hisobot davrida 82 ming 951 dona "Cobalt" avtomobili ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, "Damas" rusumidan 42 ming 663 dona, "Tracker"dan 23 ming 249 dona va "Onix"dan 18 ming 715 dona avtomobil konveyerdan chiqqan.
Xorijiy brendlar ishlab chiqarishi ham sezilarli bo‘lgan. Olti oy ichida 15 ming 184 dona "KIA" va 13 ming 405 dona "BYD" rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bundan tashqari, "Haval" avtomobillari 5 ming 61 dona, "Chery" rusumi esa 4 ming 384 dona miqdorida ishlab chiqarilgan.
Hisobotda yana 600 dona "Chevrolet Damas Move" va 29 ming 582 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgani qayd etilgan.

