O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 12,8 foizga oshdi
O‘zbekistonda 2026 yil yanvar–iyun oylarida 235,8 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Avtomobillar ishlab chiqarishi 12,8 foizga oshdi.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi 12,8 foizga o‘sdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
2026-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda jami 235 794 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 208 975 donaga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatadi.
Yuk avtomobillari ishlab chiqarish ham 21,3 foizga oshib, 2268 donadan 2751 donaga yetdi. Maxsus avtomobillar ishlab chiqarish esa 26,7 foizga ko‘payib, 23 353 donadan 29 582 donaga yetgan.
Yengil avtomobil modellari orasida Cobalt eng ko‘p ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning hajmi 82 951 donani tashkil etdi. O‘tgan yilgi 73 102 donaga nisbatan 13,5 foizlik o‘sish kuzatilgan.
BYD modeli ishlab chiqarishda katta sakrash qayd etildi – 91,5 foizga o‘sib, 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi 7000 donadan 13 405 donaga yetdi. Haval ishlab chiqarish 43,1 foizga ko‘payib, 3538 donadan 5061 donaga, KIA ishlab chiqarish esa 29,1 foizga oshib, 11 763 donadan 15 184 donaga yetdi.
Biroq, ayrim modellar ishlab chiqarishida pasayish kuzatildi. Damas ishlab chiqarish 7,2 foizga kamayib, 45 992 donadan 42 663 donaga tushdi.
Boshqa modellar orasida Onix ishlab chiqarish 8,5 foizga oshib, 17 249 donadan 18 715 donaga yetdi. Chery ishlab chiqarish 6,1 foizga ko‘payib, 4131 donadan 4384 donaga, Tracker ishlab chiqarish esa 1,8 foizga oshib, 22 847 donadan 23 249 donaga yetdi.
Shuningdek, vazirlik "Chevrolet Damas Move" modelining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Yilning birinchi yarmida ushbu modeldan 600 dona ishlab chiqarilgan.

