Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuzda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi shu yilning kuz faslida Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ehtimoli mavjud.

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi milliy terma jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

"Biz Rossiya terma jamoasi bilan maydonga tushishga tayyormiz va bu bizni xursand qiladi. Hozircha bizning faqat bitta tasdiqlangan o‘rtoqlik o‘yinimiz bor – bu oktyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi. Shu sababli, biz Rossiya terma jamoasi bilan sentyabr-oktyabr oylarida yoki noyabr oyida o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz mumkin.

Jamoalarimiz oxirgi marta to‘rt yil avval to‘qnash kelishgan edi. Bunday kuchli raqib bilan yana o‘ynash biz uchun qiziqarli bo‘lardi. Albatta, qaror qabul qilishda biz Assotsiatsiyaning mavjud takliflarini, boshqa Osiyo jamoalari bilan olib borilayotgan muzokaralarni va bosh murabbiy Fabio Kannavaroning fikrlarini inobatga olamiz.

Agar tegishli taklif kelib tushsa, biz Rossiya terma jamoasini Toshkentda qabul qilishga yoki Moskvaga yoki Rossiyaning boshqa istalgan shahriga o‘zimiz borishga tayyormiz. Biz muzokaralarga to‘liq ochiqmiz va ushbu o‘yinni o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilishdan mamnun bo‘lamiz", – dedi Toshev.

futboljanubiy koreyao‘zbekistonfabio cannavaroo'rtoqlik o'yinirossiyausmon toshevtoshkent