Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Milliy terma jamoa navbatdagi FIFA kunlarida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Xususan, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa joriy yilning 6-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi endilikda 2027-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘radi. Osiyo Kubogi bahslari 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fabio Kannavaro shogirdlari ushbu musobaqaning B guruhidan joy olgan bo‘lib, guruhdan chiqish uchun Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniyaga qarshi kurash olib boradi.

international footballsouth korea footballfriendly matchafc asian cupuzbekistan footballfootballfabio cannavaro