“Jahon chempionati sotiladigan tovar emas” — Buyuk Britaniya bosh vaziri

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Endi Byornem FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini ulushlarga boʻlib sotish taklifiga keskin qarshi chiqdi.
Byornemning taʼkidlashicha, futbol investorlarga emas, balki har qanday sharoitda, yomgʻir yogʻsa ham, quyosh chiqsa ham, tribunani toʻldirib, oʻz jamoalarini qoʻllab-quvvatlaydigan muxlislarga tegishli.
"Jahon chempionati sotiladigan tovar emas. Bu global sportdagi eng buyuk musobaqa va u hech qachon hech kimga tegishli boʻlmagan. Bu kelishuvni xohlagancha nomlang, lekin Jahon chempionati sotiladigan boʻlsa, hamma narsaga xiyonat qilgan boʻlasiz. Futbol muxlislarniki. U doim shunday boʻlgan va shunday boʻlib qoladi", — dedi Byornem.
Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati tijorat huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotish rejasini ishlab chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu rejaga koʻra, FIFAning 211 ta milliy assotsiatsiyasi va aʼzolarining har biri taxminan 20 million dollarlik ulushga ega boʻlishi koʻzda tutilgan. Assotsiatsiyalar oʻz ulushlarini saqlab qolishlari yoki qoʻshimcha daromad evaziga darhol sotishlari mumkin boʻladi.

