Infantino Jahon chempionati tijorat huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotmoqchi

Janni Infantino Jahon chempionatining tijorat huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
FIFA prezidenti ushbu masala boʻyicha AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatiga yaqin shaxslar bilan muzokaralar oʻtkazgan. FIFA investitsiya guruhiga Donald Trampning kuyovi ukasi Joshua Kushner tomonidan tashkil etilgan Thrive Capital kompaniyasi boshchilik qilishini tasdiqladi.
Rejaga koʻra, FIFAga aʼzo 211 ta milliy assotsiatsiyaning har biri taxminan 20 million dollarlik ulushga ega boʻladi. Assotsiatsiyalar oʻz ulushlarini saqlab qolishlari yoki qoʻshimcha daromad olish uchun darhol sotishlari mumkin.
The Times manbalariga koʻra, Infantino oʻzining hozirgi prezidentlik muddati tugagandan soʻng yangi kompaniyaga komissar etib tayinlanishni koʻzlamoqda. Uning 2031 yilgacha FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanishi ehtimoli yuqori. FIFA prezidentligidan ketganidan soʻng, u Jahon chempionatining tijorat huquqlariga egalik qiluvchi kompaniyada ish boshlashi mumkin.

