Layfstayl

Instagram: Yaqinlarini xursand qilgan Dilbar Zokirova, umraga ketgan Sitora Alimjonova hamda imijini o‘zgartirgan taniqli aktrisa

Instagram: Dilbar Zokirovaning yaqinlariga quvonch ulashgani, Sitora Alimjonovaning umra safari va taniqli aktrisaning yangi imiji

Jahon hamda o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan qiziqarli surat va videolarini taqdim etamiz.

Mashhur opera xonandasi Milena Madmusayeva oilasi va yaqinlari bilan Turkiyada dam olmoqda.

Instablogerlar juftligi Shoxruz Ro‘ziboyev va Shahlo Alijonova o‘z kuzatuvchilariga pushti rangdagi liboslarda ko‘rinish berdi.

Aktrisa va bloger Muborak Abdullayeva Vyetnam bo‘ylab sayohat qildi.

Aktrisa Aysanem Yusupova O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor va rejissyor Ubaydulla Omon bilan tushgan yangi suratini sahifasiga joyladi.

“Inson go‘zalligi uning qalbidan boshlanadi, har bir tabassum ortida esa chiroyli bir sabr yashiringan bo‘ladi”, deydi teatr va kino aktrisasi Nigina Jabborova.

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva muxlislari uchun milliy obrazda yangi fotosessiya taqdim etdi.

Aktrisa va bloger Dilbar Zokirova bobo va buvisiga umra ziyoratiga yo‘llanma hadya qilib, ularning uzoq yillik orzusini ro‘yobga chiqardi.

Aktrisa Oydin Yusupova kayfiyat ulashuvchi suratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Taniqli aktrisa Shahlo Temirova imijini o‘zgartirdi va bunda asosiy e’tiborni soch turmagiga qaratdi.

Taniqli aktrisa Sitora Alimjonova ayni kunlarda umra amalini bajarmoqda. Aktrisa muqaddas ziyoratdan olingan videolavhalarni o‘z sahifasiga joylashtirdi.

instagramentertainmentuzbek celebritiestravelactorssingersfashionpersonal news