Instagram: O‘zbekistonlik muxlislarga salom yo‘llagan Gollivud yulduzlari, 39 yoshni qarshi olgan Ali Otajonov, “Jumong”dagi aktyor hozir qanday ko‘rinishda?

Instagram: Gollivud yulduzlaridan o‘zbekistonlik muxlislarga salomlar, Ali Otajonov 39 yoshni qarshiladi, “Jumong” aktyori hozir qanday ko‘rinishda?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa va teleboshlovchi Husnora Shodiyeva ayni kunlarda Maldiv orollarida dam olmoqda.
Foto: Instagram
Aktrisa Nargiza Salmonova o‘zining yangi suratini kuzatuvchilariga taqdim etdi.
Foto: Instagram
Taniqli aktrisa Aysanem Yusupova hayotining ko‘ngildagidek ketayotganidan mamnunligini bildirib, shukrona keltirmoqda.
Foto: Instagram
Xonanda Ziyoda oilasi bilan Turkiyaga sayohat uyushtirgan. Uning ta’kidlashicha, haqiqiy baxt suratlarda emas, balki yaqinlar davrasida mazmunli o‘tgan lahzalarda.
Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Jenisbek Piyazov oilaviy arxiv suratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Foto: Instagram
O‘zbekistonlik yigit Kris Hemsvort, Zendaya, Tom Holland va Rouen Atkinson kabi ko‘plab Gollivud yulduzlari bilan uchrashdi. Mashhur aktyorlar o‘zbekistonlik muxlislari uchun maxsus salom yo‘llashdi.
30-iyul kuni 39 yoshni qarshilagan aktyor va xonanda Ali Otajonov chin dildan qilingan niyat insonga xotirjamlik bag‘ishlashi hamda maqsadga erishish yo‘lida imkoniyatlar eshigini ochishi haqida fikr yuritmoqda.
Foto: Instagram
Xonanda Dilso‘z ayni kunlarda Turkiya bo‘ylab sayohatda. U o‘z sahifasi orqali ushbu mamlakatning go‘zal manzaralari aks etgan suratlarini obunachilari bilan bo‘lishmoqda.
Foto: Instagram
O‘zbek blogeri afsonaviy “Jumong” roli bilan mashhur aktyor Song Il Guk bilan ko‘rishib, suhbatlashdi.

