Layfstayl

Instagram: Yulduzlar ishtirokidagi qiz bazmi, ota-onasiga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan bloger, tug‘ilgan kunini dala hovlida nishonlagan Vohidjon Isoqov

Instagram: Yulduzlar ishtirokidagi qiz bazmi, ota-onasiga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan bloger, tug‘ilgan kunini dala hovlida nishonlagan Vohidjon Isoqov

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni sizga taqdim etamiz.

Instabloger va vayner Dilbar Zokirova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Foto: Instagram

Turk aktrisasi Hande Erchel yangi suratini sahifasida e’lon qildi.

Foto: Instagram

Aktyor Adiz Rajabovga nafaqat o‘zbek, balki qardosh millat vakillari ham Instagram’dagi qiziqarli kinokontentlari uchun minnatdorchilik bildirmoqda.

Foto: Instagram

Xonanda Vohidjon Isoqov tug‘ilgan kunini dala hovlida do‘stlari bilan nishonladi.

Aktrisa Shahzoda Muhammedova Bodrum ta’tilidan qaytib, yana ish jadvalini davom ettirdi. Kasbining qiyinchiliklari ko‘p bo‘lsa-da, u ishini sevib bajarishini ta’kidladi.

Foto: Instagram

O‘zbekistonga qaytib ijod qilayotgan aktrisa Nargiza Salmonova yangi loyihalarda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Bloger Iymona Farmonova yangi avtomobil bilan otasini xursand qildi.

Instabloger Husnora Shodiyeva ota-onasi, singillari va o‘g‘li bilan Gruziyada maroqli vaqt o‘tkazmoqda.

Foto: Instagram

Vayner Komila Vladislavovna va Bobur Mansurov jamoasi xonanda Rayhon bilan hamkorlikda yangi vayn suratga oldi.

Foto: Instagram

14-iyul kuni Toshkentdagi restoranlardan birida taniqli suxandon va mahoratli dublyaj aktrisasi Dildora Rustamovaning qizi Shahrizodaning qiz bazmi o‘tkazildi. Kechada o‘zbek shou-biznesi va madaniyat vakillari, mashhur boshlovchilar mehmon bo‘lishdi.

instagramshou-biznesblogertug‘ilgan kunqiz bazmiyangi loyihao‘zbekistonaktrisa