Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Diyora Keldiyorova, shaxsiy hayotida yangilik bo‘lgan Nahide Babashli, ikkinchi marta ota bo‘lgan Izzat Shukurov

Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Diyora Keldiyorova, shaxsiy hayotida yangilik bo‘lgan Nahide Babashli, ikkinchi marta ota bo‘lgan Izzat Shukurov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni sizga taqdim etamiz.
Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan yangi davlatga sayohatga chiqdi.
Foto: Instagram
Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli turmushga chiqdi — qo‘shiqchi rasmiy nikohdan o‘tdi.
Foto: Instagram
San’atkorlar dam olish mavsumini boshladi — Ziyoda yozgi ta’tilni sohil bo‘yida o‘tkazmoqda.
Foto: Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova “Ko‘k jiguli” klipi YouTube’da 500 million marta ko‘rilgani haqida ma’lum qildi.
Foto: Instagram
Olimpiada chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova 28 yoshga kirdi. Turmush o‘rtog‘i Diyoraga syurpriz tayyorladi.
Foto: Instagram
Aktyor va boshlovchi Rixsitilla Abdullayev farzandlari va nabiralari bilan Turkiyaning Istanbul shahrida dam olmoqda.
Foto: Instagram
Qiziqchi Ulug‘bek Xolmedov marhum ijodkor, “Dizayn” jamoasining sobiq a’zosi Dilshodbek Musabekovni eslab, stories joyladi.
Foto: Instagram
Boshlovchi Sitora Farmonova yangi fotosessiyasidan suratlarni sahifasiga joylashtirdi.
Foto: Instagram
“Hayotimizga quyoshdek kirib kelganing qanday yaxshi bo‘ldi, qizim”. Xonanda Tarkan qizini tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda.
Foto: Instagram
Aktrisa Sitora Alimjonova yoz faslini maroqli o‘tkazmoqda.
Foto: Instagram
Xonanda Izzat Shukurov oilasida xursandchilik — u ikkinchi bor ota bo‘ldi. Xonandaning ayoli Iroda o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Foto: Instagram

